Rossiya prezidenti bu haqda Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida aytdi.
Rossiya prezidenti Norvegiya tomonidan Rossiya kemasining qo‘lga olinishi hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning fuqaro aviasiyasi xavfsizligiga tahdidlarini misol qilib keltirdi.
"Buni ko‘rmaganga olayotganlar — birinchi navbatda, Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari xalqaro terrorizmning sheriklariga aylanmoqda. Buni boshqacha tushunib bo‘lmaydi", — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev va yevropaliklarning tajovuzkor harakatlari mojaroni hal qilish istiqbollarini qiyinlashtirmoqda. Shu bilan birga, prezident tinchlik uchun imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
"Avvalo Rossiya va Ukraina o‘zaro kelishib olishi kerak. Barcha boshqa mamlakatlar esa buni qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayyor", deb tushuntirdi prezident.
Rossiya rahbari Moskva va Kiyev birinchi navbatda o‘z maxsus xizmatlari orqali aloqalarni saqlab qolayotganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, Rossiya vaziyatni tartibga solishga hissa qo‘shishga urinayotgan barcha tomonlardan minnatdor ekanini bildirdi.