Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga “asabiy muhit yaratish” uchun zarba berayotganini ma’lum qildi

Putin Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga “asabiy muhit yaratish” uchun zarba berayotganini ma’lum qildi


Uning ta’kidlashicha, Rossiya energiya tizimining barqarorlik zaxirasi juda yuqori darajada bo‘lib, dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

"Shubhasizki, dushman iqtisodiyotimizga zarar yetkazishga intilmoqda. Ammo eng asosiysi, jamiyatimizda asabiy muhit yaratmoqchi. Biz tushunib turibmizki, bu vazifani amalga oshirib bo‘lmaydi", — dedi Rossiya prezidenti hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Putin kompaniyalarni o‘zlariga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSh) mahsulotni ushlab turmaslikka va yoqilg‘ini mustaqil AYOQShlarga ham tarqatishga chaqirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yonilg‘i bilan bog‘liq muammolar vaqtinchalik bo‘lib, bu, shu jumladan, Ukrainaning ta’tillar mavsumini barbod qilishga intilayotgani bilan ham bog‘liq.

Kiritildi: 21:45 08.07.2026. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!