Vladimir Putin rossiyalik amaldorlar va davlat kompaniyalari rahbarlarini mamlakat ichida ishlab chiqarilgan avtomobillarga o‘tkazish zarurligini ma’lum qildi. "Moscow Times" nashrining qayd etishicha, davlat rahbari ilgari ham shunday chaqiriqlar bilan chiqqan: 2023, 2012 va 2008 yillarda.
"Amaldorlarni Rossiya avtomobillariga o‘tkazish lozim. Darhaqiqat, shunday ko‘rsatma berilgan. Biroq, afsuski, men bu sohadagi vaziyatni kuzatib, mazkur ko‘rsatma hali to‘liq bajarilmaganini ko‘ryapman," - dedi Putin "AvtoVAZ" xodimlari bilan suhbat chog‘ida.
U ushbu muammoni hal etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy qiyinchiklardan biri sifatida avtomobilni Rossiyada ishlab chiqarilgan deb hisoblash mumkin bo‘lgan mezonlarni belgilashni ko‘rsatdi. Putinning aytishicha, hozirda mutaxassislar mahalliylashtirish darajasini baholash tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda, shu bilan birga u ham ushbu masala bilan shug‘ullanmoqda va uni hal etish yo‘llari haqida tasavvurga ega.