Ashxobodda — Turkmaniston poytaxtida — Prezident Vladimir Putin ishtirokida xalqaro forum boshlandi. Rosssiya rahbarining ishchi tashrifi Xalqaro tinchlik va ishonch yili, Xalqaro neytralitet kuni va Turkmanistonning doimiy neytral maqom olganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Tashrif doirasida Vladimir Putin Neytralitet monumentiga venok qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu yodgorlik Turkmanistonning betaraflik siyosati va tashqi siyosiy yo‘nalishining asosiy ramzi hisoblanadi.
Forum plenar yig‘ilishi boshlanishidan avval Rossiya prezidenti va Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhammedov o‘rtasida rasmiy qarshi olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng xalqaro tadbirda ishtirok etayotgan delegasiya rahbarlarining qo‘shma suratga tushish marosimi amalga oshirildi.