Rossiya prezidenti Turkmanistonga safari davomida Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashadi. Moskva uchrashuv bo‘yicha “allaqachon kelishib olgan”.
Bu uchrashuv ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun ham, albatta, Yaqin Sharqda keskin tus olgan vaziyatni muhokama etish uchun ham katta ahamiyatga ega, deb ta’kidladi Ushakov.
Shu bilan birga, u boshqa ikki tomonlama aloqalarni ham istisno qilmagan.