Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin tug‘ilgan kunini Germaniyaning sobiq kansleri Shryoder bilan nishonladi

Putin tug‘ilgan kunini Germaniyaning sobiq kansleri Shryoder bilan nishonladi


Rossiya prezidenti matbuot xizmati ularning birgalikdagi suratini e’lon qildi. Kreml bayonotiga ko‘ra, Putin 7 oktyabr ertalab Shryoderning Moskvaga kelganini ommaviy axborot vositalari xabarlaridan bilgan va “eski do‘sti”ni uyiga taklif qilgan.

Germaniyaning sobiq kansleri Moskvaga “Globus” gipermarketlar tarmog‘i rahbariyati va xodimlari bilan uchrashish uchun borgan. Yaqinda u Rossiyadagi Globus gipermarketlarini boshqaruvchi “Giperglobus” kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan edi.

82 yoshli Shryoderning Rossiyadagi kompaniyada rahbarlik lavozimini egallashi Germaniyada tanqidlarga sabab bo‘ldi. Xristian-demokratik ittifoq vakili, Bundestag deputati Roderix Kizevetter bu tayinlovni “Evropa va o‘z mamlakatiga xiyonat” deb atadi.

Gerhard Shryoder Germaniya kansleri lavozimini 1998–2005 yillarda egallagan. Keyinchalik u “Rosneft” hamda “Shimoliy oqim” gaz quvuri operatori — Nord Stream kompaniyasi rahbariyatida ishlagan.

Avvalroq Putin Germaniyaning sobiq kansleri Shryoderni “Ukraina bo‘yicha maq’ul muzokarachi”, deb atagandi. Yevropa Ittifoqi, Germaniya va Ukraina esa bu taklifni rad etgandi.

Kiritildi: 20:02 09.10.2026. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!