Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti front chizig‘ida mojaroni muzlatib qo‘yishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, Putin bosib olingan Ukraina hududlari Rossiya tarkibida qolishini hamda Ukraina NATO'ga kirishdan bosh tortishi kerakligini talab qilmoqda. Buning evaziga Xarkov va Nikolayev viloyatlarida rus armiyasi tomonidan bosib olingan hududlar Ukrainaga qaytarilishi qayd etilgan.
"AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘arb raketalarini Rossiya hududiga zarbalarda qo‘llashga ruxsati bo‘lajak muzokaralarni qiyinlashtirishi va sekinlashtirishi mumkin", deb yozadi Reuters.