Rossiya prezidenti Vladimir Putin tez orada Qozog‘istonga borish niyatida, biroq aniq sana hozircha noma’lum. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS bilan suhbatda aytdi.
Taxminlarga ko‘ra, Vladimir Putin Qozog‘istonga 27 noyabr kuni davlat tashrifi bilan kelishi mumkin. Bu hukumatlararo komissiya majlisi materiallaridan kelib chiqdi. Yozda prezident Qosim-Jomart Tokayev noyabr oyida Putinni Ostonaga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti yig‘ilishiga taklif qilgan edi.
Qozog‘iston Xalqaro jinoiy sud oldidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan, shuning uchun Putin Ostonada hibsga olinmaydi. Biroq, Putin yaqinda ICC vakolatlarini tan olgan Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.