Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Putin tadbirkorlarga Ukrainaga qarshi urushni “ixtiyoriy ravishda” moliyalashtirishnii taklif qildi

Putin tadbirkorlarga Ukrainaga qarshi urushni “ixtiyoriy ravishda” moliyalashtirishnii taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik biznes vakillari bilan yopiq uchrashuvda ularga Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirish uchun byudjetga ixtiyoriy badal kiritishni taklif qildi. Bu haqda 26 mart, payshanba kuni The Bell nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Vladimir Putin o‘z nutqini “urishamiz” va “Donbass chegaralarigacha boramiz” mazmunida ifodalagan. “Og‘ir davrda biznesdan qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish” g‘oyasi “Rosneft” rahbari Igor Sechinga tegishli.

The Bell ma’lumotlariga ko‘ra, Sechin bu haqda bir kun avval Putinga yo‘llagan maktubida bayon qilgan. Mablag‘ jalb qilish vositasi sifatida harbiy obligasiyalarni chiqarish taklif etilgan.

Ayrim tadbirkorlar taklifni darhol qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, Sulaymon Kerimov 100 milliard rubl (1,2 mln dollar) ajratishga va’da bergan. Nashr yozishicha, ismi ochiqlanmagan yana bir yirik tadbirkor ham Putin taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!