Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Rossiyani Qiynoqlarga qarshi Yevropa konvensiyasidan chiqarishni talab qildi

Putin Rossiyani Qiynoqlarga qarshi Yevropa konvensiyasidan chiqarishni talab qildi

Vladimir Putin Rossiyani Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Yevropa konvensiyasidan chiqarish haqidagi qonun loyihasini Davlat Dumasiga taqdim etdi, deb xabar bermoqda TASS agentligi. Rossiya ushbu hujjatni 1998 yilda imzolagan edi. Konvensiya davlatlarni mahkumlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni oldini olishga majbur etadi va xalqaro tyurma inspeksiyalariga ruxsat beradi.

Moskva bu qarorni shunday izohlamoqdaki, endi Rossiya Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi faoliyatida qatnasholmaydi. Ushbu qo‘mita vakillarining Rossiyaga oxirgi tashrifi 2021 yilda bo‘lib o‘tgan, keyinchalik ularga kirish taqiqlangan. 2024 yil noyabrida qo‘mita Rossiyani hamkorlikdan bosh tortganlikda aybladi.

Huquq himoyachilari uzoq yillardan beri Rossiya qamoqxonalari va koloniyalaridagi qiynoqlar haqida xabar berib kelmoqda. Shunday dalillarni asirlikdan ozod etilgan ukrain harbiylari ham taqdim etgan. BMT vakillarining aytishicha, Rossiyada va Ukrainadagi bosib olingan hududlardagi qamoqxonalar “qora tuynuklar”ga aylanmoqda.

Rossiyaning ushbu konvensiyadan chiqishi Kremlning so‘nggi yillardagi siyosiy yo‘nalishining davomi hisoblanadi: 2022 yildayoq Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasidan ham chiqqan va o‘z fuqarolarini Evropa sudiga murojaat qilish huquqidan mahrum etgan edi.

Kiritildi: 19:10 09.09.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!