Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Rossiyadan tashqarida Zelenskiy bilan muzokaralardan bosh tortmoqda

Putin Rossiyadan tashqarida Zelenskiy bilan muzokaralardan bosh tortmoqda

Kreml rahbari Vladimir Putin Vladivostokdagi iqtisodiy forumda chiqish qildi. Jumladan, u Ukraina haqida ko‘p gapirdi va Kiyevning muzokaralarni Rossiyadan tashqarida o‘tkazish taklifiga javob qaytardi:

«Agar bizga aytishsa: biz siz bilan uchrashmoqchimiz, lekin mana u yerga boringlar, deb. Menimcha, bu bizga nisbatan ortiqcha talablar. Buning uchun eng yaxshi joy — Rossiya Federasiyasining poytaxti, qahramon shahar Moskva», — dedi u.

Bundan tashqari, Putin 26 ta davlatdan iborat "istaganlar koalisiyasi"ning Ukrainaga o‘z harbiylarini joylashtirish qaroriga ham izoh berdi: uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holda G‘arb harbiylari «yo‘q qilish uchun qonuniy nishonlarga» aylanadi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, AQSh bilan iqtisodiy hamkorlikni qayta tiklash tarafdori ekanini bildirdi. Rossiya iqtisodiyoti hozirda og‘ir ahvolda ekanini inobatga olsak, Putinning bu kabi «oliyjanob» bayonotlari iltimosomuz va muraojaat sifatida qabul qilinishi mumkin: u AQShning Alyaskada katta xomashyo zaxiralariga ega ekanini, Rossiya esa neft va gaz qazib olishda samarali texnologiyalarga egaligini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:12 06.09.2025. O'qildi: 1386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!