"Bizni qasddan ayblash uchun xatoga yo‘l qo‘yishimizni istashdi. Ammo Ukrainada yadroviy qurolni qo‘llashga hojat bo‘lmadi, umid qilamanki, kerak ham bo‘lmaydi. 2022 yilda boshlangan ishni Rossiya uchun zarur natijalar bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun bizda yetarli kuch va vositalar bor", — deya fikr bildirdi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, Ukraina bilan tinchlik kelishuviga erishishni esa “vaqt masalasi” deb atadi.
"Menimcha, bu muqarrar, hozir boshdan kechirayotgan barcha fojialarimizga qaramay… Bu vaqt masalasi", — dedi Rossiya rahbari.