Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Putin Rossiya delegasiyasining Istanbulga jo‘nab ketishidan oldin “muzokaralarga tayyorgarlik” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

A A A
Putin Rossiya delegasiyasining Istanbulga jo‘nab ketishidan oldin “muzokaralarga tayyorgarlik” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Bu haqida Kreml xabar berdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotiga ko‘ra, Vladimir Putin 14 may kuni kechqurun Ukraina tomoni bilan bo‘ladigan muzokaralarga tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.

Uning aytishicha, yig‘ilishda Istanbulga yo‘l olgan Rossiya delegasiyasi a’zolari bilan birga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov, Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov ham ishtirok etgan.

Kiritildi: 12:17 15.05.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!