Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Putin rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga keldi

Putin rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga keldi.

Rossiya yetakchisining samolyoti Ulan-Bator aeroportiga qo‘ndi.

Rossiya prezidentining tashrifi ikki kun davom etadi. Ertasi kuni – 3 sentyabrda ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan, Mo‘g‘uliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux bilan, shuningdek, qator hujjatlar imzolanishi va Sovet Ittifoqi marshali Georgiy Jukov haykali poyiga gul qo‘yish rejalashtirilgan.

Avvalroq, ikki davlat rahbarlari mintaqaviy muammolar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishlari haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 21:05 02.09.2024. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!