Rossiyaning Primorye o‘lkasida Tumannaya daryosi orqali Rossiyani Shimoliy Koreya bilan bog‘laydigan avtomobil ko‘prigi qurilishi boshlandi.
Bu haqda Rossiya davlat agentliklari, jumladan, RIA Novosti, Interfaks va "Vedomosti" xabar bermoqda.
Yangi ko‘prik Sochi shahridagi korxona tomonidan bir yarim yil ichida quriladi. Hozirda Rossiya va KXDR o‘rtasida faqat temir yo‘l ko‘prigi va havo qatnovi mavjud. Avtomobil o‘tish joyi, tomonlarning fikriga ko‘ra, yuk tashishni ko‘paytirishi va ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi tashishni rivojlantirishi kerak.
Ko‘prikli o‘tish joyining kirish yo‘llari bilan umumiy uzunligi 4,7 kilometrni tashkil etadi. Ko‘prikning o‘zi bir kilometrga cho‘ziladi: Rossiya tomonidan 424 metr, KXDR tomonidan 581 metr. Ko‘prikning kengligi 7 metrni tashkil etadi, bu ikkita harakatlanish polosasini nazarda tutadi. Uning yonida avtomobil o‘tkazish punkti jihozlanadi.