Bugun 24 noyabr, 2020 yil, seshanba

КИР

Putin kelajakda Rossiya va Xitoy harbiy ittifoqining tuzilishi amalga oshishi haqida gapirdi

Putin kelajakda Rossiya va Xitoy harbiy ittifoqining tuzilishi amalga oshishi haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, ayni paytda Rossiya-Xitoy harbiy ittifoqining tuzilishiga hojat yo‘q, lekin, bu kelajakda ro‘y berishi mumkin. Putinning bu so‘zlari AQSh bilan munosabatlar keskinlashayotgan hozirgi davrda Moskva va Pekin o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan darak beradi.

Putin 22 oktyabr kuni tashqi siyosat bo‘yicha ekspertlar bilan bo‘lgan videokonferensiyada qatnashdi. U Xitoy va Rossiya o‘rtasida harbiy ittifoq bo‘lishi mumkinmi, degan savolga shunday javob berdi:

“Hozir bizga buning keragi yo‘q. Lekin, nazariy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, bu ittifoqning tuzilishi ehtimoli baland. Buni vaqt ko‘rsatadi”.

Shuningdek, Vladimir Vladimirovich Rossiya o‘zining harbiy texnologiyalarini Xitoyga yetkazib bergani va ular Xitoy harbiy tizimining o‘sishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi. Ammo Putin masalaning nozikligini aytib, Xitoyga aynan qanday qurollar berilganini ochiqlamadi.

“Shubhasiz, bizning Xitoy bilan harbiy hamkorligimiz Xitoy armiyasining salohiyatini oshirmoqda” deydi Rossiya rahbari.

Rossiya va Xitoy shu paytgacha o‘zlarining “strategik hamkor ekanliklarini” ta’kidlab kelishgan. Ammo, ular harbiy ittifoq haqida gapirishdan bosh tortishayotgandi.

Kiritildi: 15:10 24.10.2020. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!