Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni Ukrainaga berilgan havo hujumlari Kiyevning AQShda ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari bilan uyushtirgan hujumlariga Moskvaning «javobi» ekanini aytdi.
«Biz keng qamrovli zarba berdik», dedi Putin hujumdan bir necha soat o‘tib Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida ittifoqchilarga.
Rossiya rahbari Ukraina ittifoqchilarini Kiyevga Rossiya nishonlariga qarshi G‘arb qurollaridan foydalanishga ruxsat berganlikda tanqid qilib, javob choralari haqida ogohlantirdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani «jirkanch eskalasiya»da aybladi.
«Bir qancha hududlarda kassetali o‘q-dorilar bilan zarbalar qayd etilgan va ular fuqarolik infratuzilmasini nishonga olgan», — dedi u Telegram’dagi postida.
«Bu Rossiyaning terrorchilik taktikasining juda jirkanch keskinlashuvi», — deya qo‘shimcha qildi u.