Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin: "G‘azodagi boshqaruv Mahmud Abbos ma’muriyatiga topshirilishi kerak"

Putin: "G‘azodagi boshqaruv Mahmud Abbos ma’muriyatiga topshirilishi kerak"

G‘azo sektoridagi hokimiyatni Falastin prezidenti Mahmud Abbos ma’muriyati yoki mahalliy milisiya qo‘liga o‘tkazish yaxshi bo‘lardi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.

"Men tushunganimdek, AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azodagi kelishuv bo‘yicha tinchlik rejasida hokimiyatni Falastin ma’muriyatiga o‘tkazish imkoniyati ko‘rsatilgan. Menimcha, hammasini prezident Abbos va hozirgi Falastin ma’muriyati nazoratiga o‘tkazish yaxshiroq bo‘lardi. Lekin, ularga davlat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish qiyin bo‘ladi".

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, reja xavfsizlikni ta’minlash uchun G‘azo sektori ustidan nazoratni mahalliy milisiyaga o‘tkazish imkoniyatini ham ko‘zda tutadi. "Xo‘sh, bu yomonmi? Menimcha, bu yaxshi", - dedi Putin.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir qancha savollar tug‘ilishi tabiiy. "Birinchidan, bu xalqaro ma’muriyat qancha davom etadi? Va keyin kim o‘z qo‘liga oladi", - dedi u.

Avvalroq Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi Amerika rahbarining Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashuvidan so‘ng Oq uy tomonidan e’lon qilingan edi. Ikkinchisi AQSh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

20 banddan iborat rejada barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, Xamas taslim bo‘lishi, G‘azo sektoriga zarur insonparvarlik yordami yetkazilishi va anklavni texnokratik, siyosiy bo‘lmagan Falastin qo‘mitasi boshchiligidagi muvaqqat ma’muriyatga topshirish nazarda tutilgan. Netanyaxu rejaga o‘zgartirish kiritdi: endi Isroil armiyasi bo‘linmalarining G‘azodan bosqichma-bosqich olib chiqilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri XAMASni qurolsizlantirishdagi taraqqiyot bilan bog‘liq va Isroilga olib chiqishni to‘xtatish huquqi berilgan.

Kiritildi: 08:30 03.10.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!