2015 yilda tashkil etilganidan buyon o‘zaro savdo hajmi 60 foizga oshdi va 2021 yilda 73,1 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy ko‘rsatkichga yetdi.
Endi, Rossiya prezidentining fikricha, tashkilot Katta Yevroosiyo hamkorligini shakllantirish markaziga aylanishi uchun xalqaro hamkorlikni oshirishi kerak.
Ittifoq mamlakatlari umumiy energiya bozorlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va texnologik salohiyatni rivojlantirishga ham e’tibor qaratishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston YEOIIda kuzatuvchi bo‘lish istiqboliga ega.