Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Putin boshqa davlatlarga hujum qilishga tayyorlanmayotganini bildirdi

Putin boshqa davlatlarga hujum qilishga tayyorlanmayotganini bildirdi

Vladimir Putin jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida BBC muxbiri Stiv Rozenbergning savoliga keskin munosabat bildirdi. Britaniyalik muxbir Putindan rus tilida mamlakat kelajagini qanday tasavvur qilishini so‘radi.

«Bu kelajakda hozirgidek rasmiy yo‘nalishga nisbatan har qanday ochiq norozilik qonun bilan jazolanadimi, tashqi va ichki dushmanlarni qidirish kuchayadimi, mamlakat bo‘ylab mobil internet tobora ko‘proq o‘chiriladimi, yana yangi “maxsus harbiy operasiyalar” bo‘ladimi? Yoki Rossiya boshqa yo‘ldan ketadimi?» — deya savol berdi Rozenberg.

Putin javobida Rossiyada repressiyalar va siyosiy ta’qiblar yo‘qligini ta’kidlab, RF boshqa davlatlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani yo‘qligini aytdi.

«Agar siz bizga hurmat bilan munosabatda bo‘lsangiz, hech qanday operasiyalar bo‘lmaydi. Biz sizning manfaatlaringizni doimiy ravishda inobatga olishga harakat qilganimiz kabi, siz ham bizning manfaatlarimizni hurmat qilsangiz. Agar NATOning sharqqa kengayishi masalasida bo‘lganidek, bizni aldamasangiz», — dedi Rossiya yetakchisi.

U shuningdek, Yevropa siyosatchilari Rossiya kimgadir hujum qilmoqchi ekani haqidagi bayonotlarni «dushman obrazini yaratish» uchun qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 17:56. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!