Rossiya Ukraina bilan bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum ustida ishlashga tayyor, u o‘t ochishni to‘xtatish masalalari va mojaroni hal qilish tamoyillarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan telefon suhbatidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS” .
"Rossiya Ukraina tomoniga bir qator pozisiyalarni belgilab beruvchi, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvi bo‘yicha memorandum taklif qiladi va u bilan ishlashga tayyor. Bunga, masalan, kelishuv tamoyillari, mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvi muddati va boshqalar kiradi, jumladan, tegishli kelishuvlarga erishilsa, ma’lum bir muddatga o‘t ochishni to‘xtatish mumkin", - dedi Rossiya rahbari.