Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pulli to‘xtash joylari uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi

A A A
Pulli to‘xtash joylari uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi

Poytaxtda pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalarda istiqomat qilayotgan aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratilmoqda.

Endilikda ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga rezidentlik ruxsatnomalari berilib, ular o‘z mahallasi hududidagi to‘xtash joylaridan kechki paytdan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar, bayram va dam olish kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish imkoniyatini yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integrasiya ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonlarni joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:29 11.09.2025. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!