Puerto-Rikoda elektr ta’minoti uzildi.
Yangi yil kechasida 1,3 milliondan ortiq odam yorug‘liksiz qoldi. Orol hukumati ta’mirlash ishlari ikki kungacha davom etishi mumkinligini ma’lum qildi.
Elektr ta’minotining uzilishi yer osti elektr uzatish liniyasidagi avariya bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.