"PSJ" tayanch yarim himoyachisi Vitinya yaqin orada klubni tark etmaydi.
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, "Real" 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xavbekning yaqinlari "qirollik klubi"ga hozirda futbolchining boshqa jamoaga o‘tishi imkonsiz masala ekanligini aytishgan.
Vitinya 2022 yilda "Portu"dan 41 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tgan. Amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning yozida yakunlanadi. Hozirda Transfermarkt portali futbolchini 110 million yevroga baholamoqda.