Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"PSJ" o‘zining rasmiy do‘konlaridan Mbappening barcha liboslarini olib tashladi

A A A
"PSJ" o‘zining rasmiy do‘konlaridan Mbappening barcha liboslarini olib tashladi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

El Golazo de Gol nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi rasmiy do‘konidan Mbappening barcha futbolkalarini olib tashlagan. Bundan tashqari, futbolchining surati "PSJ"ning "Park de Prens"dagi stadionidan olib tashlangan.

Oldinroq Mbappe Fransiya chempionatining yangi mavsumi boshlanishi oldidan asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishga ruxsat berilmagani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan, biroq shu bilan birga kelasi yozda tugaydigan shartnomasi tugaguncha klubni tark etishni istamayapti.

Kiritildi: 10:23 09.08.2023. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!