"Bornmut"ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniy Fransiyaning "PSJ" klubi qiziqishlari doirasida qolishda davom etmoqda. Jurnalist Berk Gelning yozishicha, Parij grandi ukrainalik futbolchi jamoaga o‘tsa, rossiyalik Matvey Safonovni tarkibdan chetlatishga va’da bergan.
"PSJ" Zabarniy bilan muzokaralar chog‘ida klubda rossiyalik futbolchilar bo‘lmasligini ma’lum qildi. Safonov faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlar orasida Istanbulning "Galatasaroy" klubi tilga olinmoqda.
Matvey "PSJ" safiga o‘tgan yilning yozida "Krasnodar"dan kelib qo‘shilgandi. 26 yoshli posbonning shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning bozor narxi 20 million yevro.