"PSJ" prezidenti Nosir Al-Helayfiy jamoa yarim himoyachisi Vitinya transferi masalasida muayyan pozisiyani egalladi va "Real" bilan futbolchini sotish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emas, deb xabar beradi Defensa Central.
Jamoaning asosiy o‘yinchisidan ajralishni istamaslikdan tashqari, Al-Helayfiy va Madrid klubi prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi keskin munosabatlar ham muhim omil hisoblanadi. Kilian Mbappe atrofidagi turli epizodlar, Superliga masalasida "Real" va UEFA o‘rtasidagi ziddiyat ikki rahbar munosabatlariga putur yetkazdi.
Avvalroq, matbuotda "Real" Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirda, yarim himoyachini 100 mln yevroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida eng yaxshi yarim himoyachi deb topilgan Vitinya parijliklar bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.