"PSJ" Lionel Messi uchun sarflangan xarajatlarni kamaytira boshladi. Klub Leo ismi yozilgan futbolkalarning birinchi partiyasini ishlab chiqardi.
Natijada, barcha mahsulotlarni sotish uchun bir soat ham kerak bo‘lmadi. Muxlislar 250 mingta futbolka sotib olishdi.
Yangi jamoada Messi o‘ttizinchi raqam ostida o‘ynaydi. Uning debyuti Liga 1-turining ikkinchi davridayoq amalga oshishi mumkin. «PSJ» «Strasburg» bilan kuch sinashadi.