Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

PSJ "Messi va Ramosning saviyasi pasaymasa..."

PSJ "Messi va Ramosning saviyasi pasaymasa..."

PSJning 5 nafar futbolchisi, jumladan, Leo Messi va Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli bor.

"L’Équipe" xabariga ko‘ra, Fransiya klubi himoyachilar Markinyos, Presnel Kimpembe va Serxio Ramos, yarim himoyachi Marko Verratti va hujumchi Lionel Messi bilan kelishuvni uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, PSJning sport bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush Messi va Ramosga ikki yil muddatga yangi bitim taklif qilishga tayyor. Bu ularning o‘yini saviyasi pasaymasa sodir bo‘ladi. Ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar hisoblangan.

Xabar qilinishicha, Markinyos va Verratti bilan yangi bitimlar borasidagi muzokaralar PSJ sobiq sport direktori Leonardo davrida boshlangan. Agar ilgari erishilgan kelishuvlar o‘z kuchini saqlab qolsa, u holda PSJ tez orada Markinyos va Verratti bilan shartnomani uzaytirishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 20:44 13.09.2022. O'qildi: 2465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!