Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

«PSJ» futbolchisi JCH-2026'da O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydi. U Fransiya o‘rniga Kongo DRni tanladi

«PSJ» futbolchisi JCH-2026'da O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydi. U Fransiya o‘rniga Kongo DRni tanladi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Senni Meyulyu xalqaro miqyosda qaysi terma jamoa sharafini himoya qilish borasida bir qarorga keldi.

19 yoshli futbolchi Kongo DR terma jamoasini tanladi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK. Istiqbolli xavbek Fransiya terma jamoasidan joy olishga da’vogarlik qilishi mumkin edi, biroq u ota-onasining vatanini afzal ko‘rdi. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishishgan — endilikda o‘yinchini Kongo milliy jamoasi qaydnomasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish qoldi, xolos.

Yaqinda Kongo DR terma jamoasi o‘tish o‘yinlarida Yamaykani mag‘lub etib (1:0), Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. JCH-2026 guruh bosqichida ular Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 14:29 05.04.2026. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!