Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"PSJ" "Barsa" yulduzi uchun qancha to‘lshga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

"PSJ" "Barsa" yulduzi uchun qancha to‘lshga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

"PSJ" "Barselona" yarim himoyachisi Gavini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi avvalroq xabar qilingandi.

El Nacional xabariga ko‘ra, klub 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagan va kataloniyaliklarga taklif tayyorlamoqda. Parijliklar futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor.

Shu bilan birga, yarim himoyachining o‘zi jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayotgani qayd etilgan. 31 yanvar kuni futbolchi "Barselona" bilan shartnomasini 2030 yilning yozigacha uzaytirdi.

20 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2021 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:30 01.03.2025. O'qildi: 1852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!