Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Propan gaz narxlari ham oshdi(mi)?

A A A
Propan gaz narxlari ham oshdi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan e’tirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

⌛ Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizasiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.

✅ O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizasiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga (15.07.2024 yil) xabar yuborilgan.

Kiritildi: 14:56 01.08.2024. O'qildi: 8897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!