Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Prokuratura "Namanganda 30 ga yaqin erkak ona va bolani ayovsiz do‘pposlagani" bo‘yicha ma’lumot berdi

Prokuratura "Namanganda 30 ga yaqin erkak ona va bolani ayovsiz do‘pposlagani" bo‘yicha ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “30 ga yaqin erkak ona va bolaniayovsiz urib tashadi” sarlavxa bilan tarqalgan videolavha o‘rganib chiqildi.

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar, ”Ramadon” MFY, “Dehqon” ko‘chasi, 1-uyda yashovchi fuqaro Mamadjonov Odiljon Obid o‘g‘li, Namangan viloyati, Uychi tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 10 mart kuni soat 13:30 larda, Uychi tuman, “Mashad” MFYda yashovchi “Abduqodir” ismli fuqaro bilan u tomonidan daraxt ko‘chatlarini olib tashlaganligi yuzasidan gaplashib olish maqsadida, “Abduqodir” ismli shaxsni yashash xonadoniga borganligini, o‘sha yerda “Abduqodir” va u yerda bo‘lgan boshqa shaxslar o‘zini onasi Murodova Dilfuza Abdullajonovnani va jiyani Yunusov Xakimjon Akmaljon o‘g‘lini urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza 11.03.2021 yilda Uychi tuman IIBning Shakl-2 kitobiga 430-sonli raqami bilan, 13.03.2021 yilda Shakl-1 kitobiga 320-sonli bilan ro‘yxatga olingan.

Mazkur holat yuzasidan profilaktika inspektori A.Ismailov tomonidan tergov qadar tekshiruv haraktlari olib borilgan.

Tekshiruv davomida, O.Mamajonovning murojatida ko‘rsatilgan “Abduqodir” ismli shaxs, Uychi tuman, “Mashad” MFY, “Mashad” ko‘chasida yashovchi 05.04.1973 yilda tug‘ilgan Komilov Abduqodir Nishanovich ekanligini, u 2021 yil 10 mart kuni yashash xonadonida exson qilganligi, shu kuni soat 13:30 larda uning yashash xonadoniga o‘ziga notanish bo‘lgan bir nafar ayol va 2 nafar erkak kishi kelib, u tomonidan Namangan shahar, Chortoq yo‘lida barpo etilgan kichik avtomashina turar joyi o‘rnida bo‘lgan ko‘chatlarni olib tashlanganligi yuzasidan janjal kelib chiqqanligi, janjal vaqtida A.Komilovning akasi Komilov To‘ramirza Nishonovich, jiyani Baxriddinov Ziyovuddin Sadritdinovichlar ular bilan janjallashib, urishib ketganligi, shundan so‘ng ushbu xonadonga exsonga kelgan shaxslar ularni tinchlantirib, ajratishganligi aniqlangan.

Tergovga qadar  tekshiruv davomida 12.03.2021 yilda fuqarolar O.Mamadjonov, D.Murodova va X.Yunusovlarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

RSTEIAM Namangan viloyat filialining 16.03.2021 yildagi 1415/1067-sonli xulosasida O.Mamadjonovda sog‘ligini buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil, 16.03.2021 yildagi 1430/1069-sonli xulosasida X.Yunusovda sog‘ligini buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil, 16.03.2021 yildagi 1432/328-sonli xulosasida Z.Baxriddinovda sog‘ligini buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil tan jarohati mavjudligi, 16.03.2021 yildagi 1434/1068-sonli xulosasida D.Murodovada hamda 16.03.2021 yildagi 1431/329-sonli xulosasida T.Komilovda tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv vaqtida yangi holatlar aniqlanib, ularni qo‘shimcha tarzda tekshirmasdan turib, qonuniy qaror qabul qilib bo‘lmasligini inobatga olib 19.03.2021 yilda tergovga qadar tekshiruv muddati tuman prokurori o‘rinbosari X.Q.Axmadjonov tomonidan 20 kunga uzaytirilgan.

Tergovga qadar tekshiruv yakuni yuzasidan 08.04.2021 yilda JPKning 83-moddasi 2-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilib, fuqaro T.Komilovning harakatlarida MJtKning 41-moddasi, 52-moddasi 2-qismi,61²-moddasida ko‘rsatilgan, fuqaro Z.Baxritdinov va O.Mamadjonovlarni harakatlarida MJtKning 41-moddasi, 52-moddasi 2-qismida, fuqarolar D.Murodova va X.Yunusovlarni harakatlarida MJtKning 41-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar ularga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish uchun 13.04.2021 yilda Uychi tuman sudiga taqdim etilgan.

Biroq, fuqarolar O.Mamadjonov, D.Murodova va X.Yunusovlar ularga nisbatan tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalariga ular Toshkent viloyatiga yashash xonadonlariga ketib yuborishganligi sababli, imzo qo‘yishmaganligi hamda sudda ishtirok etish uchun kelmaganliklari uchun sudda ish ko‘rib chiqilmagan.

Hozirda, fuqarolar O.Mamadjonov, D.Murodova va X.Yunusovlarga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga imzo qo‘ydirish va sud muhokamasiga keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 16:16 30.04.2021. O'qildi: 5750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!