Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g‘azabiga uchradi

Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g‘azabiga uchradi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hind aktrisasi va modeli Priyanka Choprani InStylejurnali muqovasida chop etilgan yarim yalang‘och surati uchun tanqid qildi, deb yozdi RIA novosti nashri.

Priyanka Chopra bu suratni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan. U mazkur suratga hind ayollarining milliy libosi bo‘lgan sarida tushgan. Hind ayollari odatda sarining tagidan yengil matodan tikilgan kofta kiyishadi. Biroq stilistlar eringan shekilli, Priyanka Chopraning yelkasini koftasiz, ochiq qoldirishgan.

Aktrisa suratni “Sari hind ayollarining eng sevimli milliy libosi hisoblanadi. U ayolga go‘zallik va latofat baxsh etadi. Menga sari judayam yoqadi, unda o‘zimni erkin va qulay his qilaman...”, deb izohlaganiga qaramay, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “uyatsiz”, “beandisha” , deb atashgan.

Kiritildi: 06:15 09.06.2019. O'qildi: 6954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!