Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Primorsk va Ust-Luga portlaridagi harakat avvalgi darajasiga qaytdi — NATO

Primorsk va Ust-Luga portlaridagi harakat avvalgi darajasiga qaytdi — NATO

Rossiyaning Primorsk va Ust-Luga portlari orqali o‘tayotgan tankerlar soni Ukrainaning dron hujumlaridan oldingi ko‘rsatkichlarga tenglashdi. Bu haqda NATO tezkor kuchlari qo‘mondoni, kontr-admiral Merilu Ingem ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Fin qo‘ltig‘ida har kuni neft va neft mahsulotlari ortilgan bir nechta kemalar harakatlanmoqda, yana o‘nlab tankerlar esa yuklash navbatini kutib turibdi.

Mart oyining oxirgi ikki haftasida ushbu portlarga qilingan hujumlar infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan edi. Xususan, Ust-Luga portiga 10 kun ichida kamida beshta zarba berilgan. Natijada har ikki port kamida ikki hafta davomida neft jo‘natish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi. Endilikda ularning ishi to‘liq tiklangani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:39. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!