O‘zbekiston Ekologik partiyasining s’ezdi bo‘lib o‘tdi, unda Prezidentlikka nomzod sifatida Abdushukur Hamzayev nomzodi qo‘llab-quvvatlandi
Bugun, 30 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining navbatdan tashqari IV S’ezdi bo‘lib o‘tdi.
S’ezdda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich nomzodi qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, S’ezdda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich o‘zining saylovoldi dasturi asosiy yo‘nalishlarini delegatlar e’tiboriga havola qildi.