Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Prezidentimiz takliflari mintaqamiz manfaatlariga daxldorligi bilan ahamiyatlidir

Prezidentimiz takliflari mintaqamiz manfaatlariga daxldorligi bilan ahamiyatlidir

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Majlis avvalida Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Prezidentimizning 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvi hamda 5-6 iyul kunlari Shusha shahridagi Turkiy davlatlar tashkilotining «Transport o‘zaro bog‘liqligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish» mavzusidagi norasmiy sammitidagi ishtiroki va unda ilgari surilgan takliflar mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi:

– Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan bildirilgan qator tashabbus va takliflar nafaqat mamlakatimiz hayoti, balki umummintaqa rivojiga daxldorligi bilan ahamiyatlidir. Bu xalqaro doira vakillari tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamjihatlik bo‘yicha Samarqand tashabbusini amalga oshirish dolzarbligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbarining tashkilot doirasidagi muloqotni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida SHHTning Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini qabul qilish to‘g‘risidagi takliflari parlament vakillari tomonidan ham alohida e’tirof etilmoqda.

Iqtisodiy yo‘nalishda strategik yuksalishga erishish uchun tashkilot doirasida savdo tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, amaldagi raqamli savdo platformalarini integrasiya qilgan holda elektron tijorat sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, logistika tartib-taomillarini raqamlashtirish, jumladan, SHHT mamlakatlari chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish rejasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, Prezidentimizning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitidagi ishtiroki va takliflari ham mintaqamiz manfaatlariga daxldorligi bilan ahamiyatlidir, – dedi Spiker.

Kiritildi: 13:00 09.07.2024. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!