Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Prezidentimiz kecha-yu kunduz shu tashvish bilan band» – Birinchi xonim sirdaryoliklar bilan muloqot qildi

«Prezidentimiz kecha-yu kunduz shu tashvish bilan band» – Birinchi xonim sirdaryoliklar bilan muloqot qildi

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv omboridagi falokat ro‘y bergan hududdan evakuasiya qilingan aholi holidan xabar olish uchun Sirdaryoga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonning birinchi xonimi suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularni Ramazon hayiti bilan qutlagan.

«Birinchi may kuni buni eshitib hammaning ko‘ngli vayron bo‘ldi. Kayfiyatlaringizni ko‘tarish uchun, ozgina bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shish uchun keldik.

Sizlarning g‘amingiz bizning ham dardimiz. Boshlaringga tushgan bu qiyinchilik biz uchun ham bir sinov. Prezidentimiz kecha-yu kunduz shu tashvish bilan band, qanday qilib shu odamlarni kelajakka ishontirsam, og‘irini yengil qilsam, avvalgi hayotiga qaytarsam deydi. Ramazon hayiti hammangizga muborak bo‘lsin, hammangizga sabr, kuch-quvvat berishini Yaratgandan so‘rab qolaman», degan Ziroat Mirziyoyeva.

Tashrif chog‘ida «Zamin» fondi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi e’lon qilingan. Ushbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11ta zarar ko‘rgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida yoshi 60dan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi.

Kiritildi: 08:27 23.05.2020. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!