Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Prezident xorij ekologik iqtisodiyotidagi muammolarga e’tibor qaratdi

A A A
Prezident xorij ekologik iqtisodiyotidagi muammolarga e’tibor qaratdi

Ko‘ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olayotganiga e’tibor qaratdi. Bunday murakkab sharoitda bamaslahat, o‘zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlansa, ko‘zlangan yuksak marralarga albatta erishilishi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonimning kengash faoliyatidagi alohida o‘rnini qayd etdi.

Ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan Investisiyalar va Maxsus erkin zonalar to‘g‘risidagi qonun loyihalari mamlakatimizda qulay investisiya va biznes muhitini takomillashtirishda ulkan qadam bo‘ladi.

Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti jamoasi tomonidan boshlanayotgan investisiya siyosati tahlili mamlakatimizdagi investisiya muhitini yanada yaxshilash borasida asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishga va samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 12:06 03.05.2024. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!