Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident tomonidan bosh vazirga bir oy muddat bilan qator vazifalar yuklandi

Prezident tomonidan bosh vazirga bir oy muddat bilan qator vazifalar yuklandi

Prezident videoselektorda archa vazirliklar ish uslubini o‘zgartirib, odamlarga xizmat sifatini oshirishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu borada lisenziya berish, oliygohlarga hujjat topshirish, kadastr hujjati, tug‘ilganlik guvohnomasi va xorijga chiqish pasportini olish, to‘lov tizimlari bo‘yicha aholiga qulayliklar yaratildi.

Lekin, hali ko‘p sohalarda qulayliklar yaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, subsidiyalar uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya ko‘p. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli bo‘lishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi, ko‘p tumanlarda hali yechimini topgani yo‘q. Qurilish, transport, kommunal xo‘jaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlarning ishi bitishi qiyin bo‘lgan jarayonlar juda ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun, Bosh vazir oldiga bir oy muddatda:

  • har bir vazirlik va hokimlikda aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish;

  • ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish;

  • aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sharoitlarni yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Bunda birdan-bir mezon – odamlar roziligiga erishish ekani qayd etildi.

Mahallada bog‘cha, maktab, yo‘l qurish, suv va elektr tarmoqlarini tortib kelish ishlarida aholi faol ishtirok etadigan tizimlar yaratildi.

“Ochiq byudjet” doirasida o‘tgan 6 oyda aholi talabiga mos 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Ularga 1,1 trillion so‘m yo‘naltirildi. Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion so‘m ajratish mo‘ljallangan.

Eng muhimi, odamlar bunday loyihalarga o‘zlarini daxldor bilib, bunyod qilingan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanayapti, dedi Prezident.

Mutasaddilarga aholi bilan bamaslahat qilinadigan loyihalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Kiritildi: 18:09 04.08.2022. O'qildi: 5298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!