Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi

A A A
Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi.

“Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas’ul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladir”, - dedi davlat rahbari.

Prezident yig‘iliganlar e’tiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani, bu 2016 yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.

“Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda belgilangan “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdig‘ini birgina ana shu misolda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bu ishlar dastlabki qadamlar bo‘lib, kelgusida yanada kengayib boradi”,
- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 12:10 22.12.2023. O'qildi: 4749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!