Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident Qarorgohida «Asrlar Ta’mlari Uchrashuvi: Yetti Mintaqada Turk Oshxonasi» ko‘rgazmasi ochildi

A A A
Prezident Qarorgohida «Asrlar Ta’mlari Uchrashuvi: Yetti Mintaqada Turk Oshxonasi» ko‘rgazmasi ochildi

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdog‘an:
- «Turkiya sifatida biz jamiyatimizdagi har bir guruhni bir necha asr davomida ta’sir qilgan ko‘plab mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlashtirgan, chuqur ildiz otgan oshxona madaniyatiga ega bo‘lishning qiymatini bilamiz va ozoda, sog‘lom, mahalliy va asl ozuqalardan foydalanish butun insoniyatning huquqiga ega bo‘lishiga ishonamiz».
- «Turk oshxonasi - mehnat va sabr-toqat birlashganda yuzaga keladigan mo‘’jizaning nomi. Yer haydaydigan, urug‘ ekadigan, ko‘chat o‘tqazadigan, hosilni o‘rganadigan, xamir qoradigan, uni yoyadigan va boshqa barcha mohir qo‘llarning hamkorlikdagi ishidir.»
- «Mamlakatimizning har bir shahrida mahsulot bilan aks etgan va qalbimizni shakllantirgan inson hikoyasi mavjud. Geografik ko‘rsatkichi bilan ro‘yxatga olingan mahsulotlar bilan biz o‘zligimizni shakllantiradigan hikoyalarni ham himoya qilgan bo‘lamiz.»

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, “Turkiya sifatida biz jamiyatimizdagi har bir guruhni bir necha asr davomida ta’sir qilgan ko‘plab mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlashtirgan, chuqur ildiz otgan oshxona madaniyatiga ega bo‘lishning qiymatini bilamiz va ozoda, sog‘lom, mahalliy va asl ozuqalardan foydalanish butun insoniyatning huquqiga ega bo‘lishiga ishonamiz« dedi.

Birinchi xonim Erdog‘an homiyligida 21-27 may Turk oshxonasi haftaligi munosabati bilan Prezident Qarorgohida «Asrlar Ta’mlari Uchrashuvi: Yetti Mintaqada Turk Oshxonasi» dasturi tashkillashtirildi.

Emine Erdog‘an dasturning ochilishida so‘zlagan nutqida Anadoluning ming yillar davomida hosil bo‘lgan unumdor o‘lkalariga to‘xtalib: "Anadolu huddi insoniyat, sivilizasiya va madaniy taraqqiyotining ilm banki kabidir. Ilk urug‘lari o‘n minglab yillar oldin yerga ko‘milgan ajdodlar urug‘i makonidir. U bir xil tarif bilan ming yillar davomida bir xil osmon ostida, bugungi kunda esa bir xil tariflar bilan pishirilgan qadimiy reseptlar mamlakatidir", - dedi.

Ajdodlardan meros bo‘lib qolgan oshxona xazinasi o‘tmish sivilizasiyalarining ming yillik urf-odatlari, Anadolu saljuqiylari va Usmonlilarning boy imperatorlik an’analarini qorishtirish natijasida dunyoga kelganini ta’kidlagan Emine Erdo‘g‘an: "Asrlar davomida asosda inson bo‘lgan sivilizasiya g‘oyasi Turk osxonasining peshtaxtalarida qayta ishlanib, bizning milliy harakterlarimizni ham shakllantirgan. Tanamiz kabi qalblarimizni ham birlashtirgan bu dasturxonlar hamjihatlik va baham ko‘rish ruhimizni oziqlantirmoqda. Dunyoga kelishdan o‘limga qadar, quvonchdan qayg‘uga qadar bir qancha xotiralarimiz, bu dasturxonlarning xilma-xilligi va birlashtiruvchi kuchi bilan tojlangan", - deya qayd etdi.

Turk oshxonasi dunyoning mashhur oshxonalari orasida dunyoga juda kam mazali reseptlarini ochganiga e’tibor qaratgan Emine Erdog‘an, “Maqsadimiz oshxonamizni dunyoga munosib tarzda tanitish va biz ega bo‘lib turgan madaniy boyligimizni saqlab, kelajakka loyiq holda olib borishdir va shu bilan birga, bizni 2021 yilda qadrli akademiklar va usta oshpazlar bilan birlashtirdi. «Asrlik reseptlar bilan Turk Oshxonasi» kitobini nashr etish orqali biz nafaqat oshxona madaniyatimizni tanishtirdik, balki chiqindisiz va barqaror reseptlarimizni ham xalqimiz va butun insoniyat manfaati uchun taklif qildik.” deya ma’lumot berdi.

- "Biz mahalliy oshxonalarning asl reseptlarini saqlab qolishimiz kerak"

Turk oshxonasiga bag‘ishlangan 21-27 may haftaligi turk oshxonasini munosib tarzda targ‘ib qilish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etganiga diqqat qaratgan Emine Erdo‘g‘an, barcha tegishli muassasalar va xalqning qo‘llab quvvatlashi bilan bu haftaning haq qanday millat odami bilan umumiy dasturxon atrofida an’anaviy uchrashuvga aylanishi haqidagi tilaklarini bildirdi. Emine Erdog‘an shunday dedi:
«Biz globallashuv natijasida mahalliy oshxonalarning asl reseptlarini vujudga kelgan madaniy beqaror iqlimdan himoya qilishimiz kerak. Zero, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz global oziq-ovqat tizimlariga berilib ketar ekan, faqatgina o‘ziga xos madaniyatlar eroziyalanmaydi, balki ovqatlanish va ichimlik ichish ham zavqlanish foydasiz iste’molga aylanadi va bora-bora asta-sekin sog‘lig‘imizni yo‘qotamiz.»

Birinchi xonim Erdog‘an, oziq-ovqatlarning tabiiyligini yo‘qotishning insonga jismoniy zarari bilan birga ma’naviy zarari ham borligini ta’kidlab, shunday davom etdi:

«Dasturxonlar tez pishuvchi gazaklar bilan almashtirilsa, his-tuyg‘ular so‘nadi, sezgirlik pasayadi, xalqlar o‘ziga xosligini yo‘qotib, bir-biriga o‘xshash bo‘la boshlaydi. Qalblarni an’anaviy dasturxonlar ham to‘yindirib qo‘yadi. Ovqat pishgan uy haqiqiy uyga aylanadi, yangi non hidi esa ishonch baxsh etadi. O‘choqning tutuni tinchlik va osoyishtalikning asosidir. Turkiya o‘laroq jamiyatimizdagi har bir guruhni bir necha asr davomida ta’sir qilgan ko‘plab mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlashtirgan, chuqur ildiz otgan oshxona madaniyatiga ega bo‘lishning qiymatini bilamiz va ozoda, sog‘lom, mahalliy va asl ozuqalardan foydalanish butun insoniyatning huquqiga ega bo‘lishiga ishonamiz.»

Emine Erdog‘an, iste’mol qilingan, ichilgan yoki oziqa bo‘lgan har qanday oziq-ovqat asta-sekin tabiiyligini yo‘qotib, zaharli holatga aylanib qolayotganini ta’kidlab, mikroplastmassalar hattoki ona sutida ham borligini, toza oziq-ovqatga ega bo‘lish huquqini yanada muhimroq bo‘lganini ta’kidladi.

Bu borada Emine Erdog‘an xorijda o‘tkaziladigan Turk Oshxonasi haftaligi nishonlanmalari uchun dunyoning eng sog‘liqqa foydali oshxonalaridan biri sifatida tanilgan «Ege oshxonasi»ni tanlashni qimmatli deb topganini ma’lum qildi va «Genetik jihatdan barbot bo‘lmagan, ajdodlarimiz urug‘i bilan tuproqni zaharlamagan, organik o‘g‘itlar yetishtirilib, kimyoviy moddalar bilan ifloslanmasdan dasturxonimizga yetib kelib, shifobaxsh reseptlar bilan tayyorlangan mahsulotlardan butun insoniyatning foydalanishiga umid qilaman ” dedi.

Birinchi xonim Erdog‘an turk oshxonasining ahamiyatiga to‘xtalar ekan:
Turk oshxonasi - mehnat va sabr-toqat birlashganda yuzaga keladigan mo‘’jizaning nomi. Yer haydaydigan, urug‘ ekadigan, ko‘chat o‘tqazadigan, hosilni o‘rganadigan, xamir qoradigan, uni yoyadigan va boshqa barcha mohir qo‘llarning hamkorlikdagi ishidir. Mamlakatimizning har bir shahrida mahsulot bilan aks etgan va qalbimizni shakllantirgan inson hikoyasi mavjud. Geografik ko‘rsatkichi bilan ro‘yxatga olingan mahsulotlar bilan biz o‘zligimizni shakllantiradigan hikoyalarni ham himoya qilgan bo‘lamiz. Chunki geografik ko‘rsatkich yerda aks etgan barcha jamg‘armalarni qamrab oladi. Mahsulotlarimizdan har biri alohida qimmatli va qadrli bo‘lgan yangi xalqaro brendlar paydo bo‘lishiga chin dildan umid bildiraman va shuni bilishingizni istaymanki, men mahalliy mahsulotlarni qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’i nazar himoya qilishga qaratilgan har qanday loyihani chin dildan qo‘llab-quvvatlayman.» deya ta’kidladi.

Emine Erdog‘an, Madaniyat va turizm vazirligining turk madaniyatining yorqin gavhari bo‘lgan Turk Oshxonasini targ‘ib qilish va uning qadriyatlarini asrab-avaylashda muhim vazifalari borligiga e’tibor qaratdi va barcha vazirlik xodimlariga «Asrlik reseptlar bilan Turk Oshxonasi» kitobi va Turk oshxonasi haftaligi bayramlaridagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Turk oshxonasining mahalliy va global miqyosda munosib qiymatga yetishi uchun tadbirlar uyushtirgan hokimlik, boshqarma va xorijiy vakillarga o‘z minnatdorchilik bildirgan Emine Erdog‘an: “Prezident huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasini bu yilgi tadbirlar doirasida amalga oshirgan, Göbeklitepedan bugungi kunimizgacha tortib, yerlarimizning «to‘lib-toshgan, lekin to‘kilmagan, ortib borayotgan, ammo kamaymagan» unumdorligini o‘rtaga chiqargan ushbu ko‘rgazma bilan chin qalbimdan tabriklayman.« dedi.

O‘z nutqida Isroil hujumlari ostida Falastindagi voqealarga ham to‘xtalgan Emine Erdog‘an: »Sizga eslatib o‘tmoqchimanki, Falastindagi vahshiylikning madaniy qirg‘inni o‘z ichiga olganini, bir millatni kiyimidan tortib yeguligigacha, tarixiy binolaridan tortib tabiiy go‘zalliklarigacha har jihatdan yo‘q qilishga urinishlar qilinmoqda. Isroil xuddi tovus patlarini olib, o‘zining ustiga yopishmoqchi bo‘lgan qarg‘aning hikoyasidagi kabi Falastinning madaniyati, tarixi va oshxonasini ochiqdan-ochiq o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa ham, haqiqatni baralla aytishda davom etamiz” dedi.

Emine Erdog‘an barcha insonlarning bir dasturxonda tinchlik va hamjihatlikda, o‘zaro xilma-xilliklarini saqlagan holda bir dasturxon atrofida jamlanishlari tilaklarini ham bildirdi.

Prezident huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, elchilar va ularning turmush o‘rtoqlari gastronomiya sohasidagi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda turk oshxonasining an’anaviy, sog‘liqqa foydali va chiqindisiz madaniy meros va turk oshxonasining boyligini yetkazib beruvchi videorolik namoyish etildi.

– Turkiyaning 7 viloyatining madaniy merosi va oshpazlik madaniyati namoyish etildi.

Emine Erdo‘g‘an dasturdan oldin Prezident huzuridagi Kommunikasiya Boshlig‘i Altun va Madaniyat va turizm vaziri Ersoy bilan Prezident huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan Turkiyaning tabiiy, madaniy go‘zalliklari, iqlimi va geografik xilma-xilligi bilan qadimgi sivilizasiyalardan meros 7 mintaqaning oshpazlik madaniyati namoyish qilingan ko‘rgazma va raqamli namoyish maydonini ziyorat qildi.

Egeydan Sharqiy Anadoluga, Qora dengizdan Markaziy Anadolugacha bo‘lgan turli geografik mintaqalarning tabiiy va madaniy merosi va qishloq xo‘jaligi xilma-xilligini aks ettirgan Prezident Qarorgohi Ko‘rgazmalar Zalidagi mahsulotlarni ko‘zdan kechirgan Emine Erdog‘an mas’ullardan ma’lumot oldi.

- Tajriba institutlarining an’anaviy hunarmandchiligi bilan ishlangan mahsulotlar ham ko‘rgazmadan joy olgan.

Ko‘rgazmada Emine Erdog‘an, o‘z homiyligidagi «To‘qima Atlas» loyihasi doirasida ishini orttirgan Tajriba institutlari tomonidan tayyorlangan Turkiyaning Turk oshxonasi va dasturxon madaniyatini aks ettiruvchi an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

- 21 geografik hudud ko‘rsatilgan mahsulotlar ham ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Tadbirning foye maydonida Emine Erdog‘an, o‘zlari tegishli mintaqada madaniyat, turizm va iqtisodiyot kabi ko‘plab sohalarga ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha qiymat yaratadigan Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tgan 21 ta geografik hudud ko‘rsatilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olgan stendlarni ham ziyorat qildi.

Bu stendlarda Gaziantep paxlavasi, Aydin anjiri, Malatya o‘riki, Aydin yeryong‘og‘i, Milas zaytun moyi, Bayramich mevasi, Tashko‘pru sarimsog‘i, Giresun do‘mboq yong‘og‘i, Antakya shirinligi, Suruch anori, Chag‘layanjerit yong‘og‘i, Gemlik zaytuni, Edremit zaytun moyi, Milas yog‘li zaytun, Ayash pomidori, Edremit ko‘rfazi yashil chiziqli zaytun, Marash kukuni va Ezine pishlog‘i ham kiritilgan.

Shuningdek, tadbirda o‘tmishdan kelajakka meros bo‘lib qolgan ajdodlar urug‘lari ham namoyish etildi.

Tadbir doirasida mehmonlarga lokum, turk qahvasi va bo‘za ichimliklari tortildi.

Ko‘rgazmaga 1 oy davomida tashrif buyurish mumkin.

Kiritildi: 16:50 25.05.2024. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!