Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezident poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotganini tanqid qildi

Prezident poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda boshlandi.

–Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q, – dedi davlatimiz rahbari.

Poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari – prokuror vazifasini bajaruvchi A.O‘rmonov, ichki ishlar (Sultonxo‘jayev), departament (birinchi o‘rinbosar Kenjayev), xavfsizlik (Berliboyev), gvardiya (Ortiqov), sud (Ismoilov), adliya (birinchi o‘rinbosar Nazarov), bojxona (Saidov), soliq rahbari (Nasimjonov) respublikaga namuna bo‘lmayapti. Buning uchun poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bo‘lishiga qaramasdan, haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilindi.

Bu yil Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili, deb nomlandi. Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda asosiy bo‘g‘in – mahalla profilaktikasi. Lekin Toshkent shahridagi profilaktika xizmatlarining ishi to‘g‘ri tashkil etilmagani uchun muammolar to‘planib qolgani qayd etildi.

Ichki ishlar boshliqlari profilaktika inspektorlarini ertalab soat yettida va kechqurun o‘nda yig‘ib, soatlab yig‘in o‘tkazadi. Ular huquqbuzarlik bilan ishlash o‘rniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlariga ham jalb qilinyapti.

–Oqibatda ularni mahalladan topib bo‘lmaydi. Bir nechta mahallaga o‘zim odam yubordim. Ko‘pi ish joyida yo‘q yoki boshqa ishni qilib yuribdi, – dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!