Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezident mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarini "noqonuniy" deb atadi

A A A
Prezident mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarini "noqonuniy" deb atadi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarini "noqonuniy" deb atadi. Bu haqda Gruziya OAVlari xabar berdi.

Davlat rahbari fuqarolarni norozilik namoyishlariga chiqishga chaqirdi.

"Bu saylovlarni tan olish mumkin emas. Bu Rossiyaning bu yerga kelishini, Gruziyaning Rossiyaga bo‘ysunishini tan olish bilan barobar. Saylovlar butunlay soxtalashtirilgan va men mustaqil institut sifatida ularni tan olmayman", - dedi Zurabishvili.

Siyosatchining fikricha, saylovlar butunlay soxtalashtirilgan.

Gruziya ommaviy axborot vositalari yozganidek, Gruziyaning barcha to‘rt muxolifat partiyasi parlament saylovlari natijalarini tan olmayapti.

Prezident bunday vaziyatda u ko‘cha namoyishi formatini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi va dushanba kuni soat 19:00 da hammani Rustaveli prospektiga chiqishga chaqirdi.

Respublika Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 53 foiz ovoz to‘plagan, bu esa partiyaga hukumatni yakkaxon shakllantirish imkonini beradi.

Kiritildi: 09:14 28.10.2024. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!