Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi.
Ma’lum qilinishicha, 7 iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi. Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rish mumkin: presidential-schools-pre-selection-results-July-2024
Shuningdek, “portal.piima.uz” saytining “Qabul 2024” bo‘limi “Natijalar” oynasidan “Prezident maktabi natijalari” bo‘limida ID raqamni kiritish orqali ham natijalarni bilish mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1