Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Prezident maktablarida ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar orasida test sinovlari o‘tkazildi

Prezident maktablarida ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar orasida test sinovlari o‘tkazildi

O‘zbekistonning Namangan, Nukus Xiva va Toshkent shaharlarida o‘z faoliyatini boshlanishi kutilayotgan prezident maktablarida ishlash istagida bo‘lshan o‘quvchilarni saralash jarayoni davom etmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda yangi maktablar binosining qurilish ishlari bilan birga o‘quvchi va o‘qituvchilarni saralash ishlarining yakuniy bosqichlari o‘tkazilmoqda.

17−18 iyul kuni Namangan, Nukus Xiva va  Toshkent shaharlarida prezident maktablarida ishlash istagini bildirgan mahalliy o‘qituvchilar orasida fan bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlarida 28 maydan 10 iyul kuniga qadar prezident maktablarida ishlash istagini bildirgan nomzodlar orasidan saralab olingan mutaxassislar ishtirok etdi.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti, rus tili, ingliz tili, ma’naviyat asoslari, tarix, matematika, informatika, biologiya, kimyo, fizika va astranomiya hamda boshqa fanlardan jami 273 nafar nomzod imtihonda qatnashdi.

Imtihondan so‘ng nomzodlar suhbatdan o‘tadi va eng bilimli o‘qituvchilar prezident maktablariga ishga qabul qilinadi.

Kiritildi: 21:15 19.07.2019. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!