Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Prezident kelib-ketsin, keyin sotasiz degandir-da». Shavkat Mirziyoyev Uchtepadagi sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbatlashdi

«Prezident kelib-ketsin, keyin sotasiz degandir-da». Shavkat Mirziyoyev Uchtepadagi sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani «To‘raqo‘rg‘on» mahallasiga tashrifi davomida o‘yingohda o‘ynayotgan bolalar va sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbat qildi.

«Hamma qilayotgan sharoitlarimiz sizlarni sog‘lom, baquvvat, ilmli, o‘qimishli bo‘lishlaring uchun qilinyapti. Bir daqiqa ham vaqtlaring kitobsiz o‘tmasa, ertaga mana shu vatanimizga sadoqatli, vatanimizga kerakli mutaxassislar bo‘lib voyaga yetasizlar. Mani nomimdan ota-onangizga, aka-ukangizga salom deb qo‘yinglar», — dedi Prezident bolalar bilan suhbatda.

Shundan so‘ng Prezident sut mahsulotlari do‘koni sotuvchisi bilan ham suhbatlashdi.

Prezidentning mahsulotlar sotilmasdan turgani haqidagi savoliga sotuvchi mahsulotlar, asosan, kam muddat saqlanishi, har kuni yangi mahsulotlar kelinishi bilan javob qaytardi.

«Hozir mahsulotlarni sizga sottirmagan-da, Prezident kelib-ketsin, keyin sotasiz degandir-da», — dedi Prezident kulib.

Kiritildi: 00:03 15.05.2021. O'qildi: 7319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!