Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi

Farmonga ko‘ra, Milliy dastur Prezident Farmonida nazarda tutilgan “Yorqin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

har yili 1 500 nafargacha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishga salohiyatli umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;

saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘qish tashkil etiladi.

Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi:

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (Maktab) ning 10-sinf o‘quvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 40 nafar o‘quvchiga dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnashish;

Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash;

maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan o‘quvchilarning oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinishiga qarab, mazkur Farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.

Kiritildi: 10:55 21.05.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!