Elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi aksiyalari kompaniya egasi Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi yangi mojarodan so‘ng NASDAQ fond birjasida savdolar ochilganidan keyin 7,7 foizga arzonlashdi.
Bu haqda Bloomberg portali xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 23:19 ga kelib Tesla aksiyalari pasayishini sekinlashtirdi va 305,7 dollardan (-3,76%) sotilmoqda. Nashrning yozishicha, qimmatli qog‘ozlar qiymati 5 kun ketma-ket pasaymoqda.
Iyun oyi oxirida Mask yana soliq qonunchiligini tanqid qildi, u boshqa narsalar qatorida elektromobillarni xarid qilish uchun subsidiyalarni bekor qilishni taklif qiladi. Tesla egasi, shuningdek, agar hujjat qabul qilinsa, AQShda yangi partiya tashkil etishga va’da berdi.
1 iyul kuni ertalab Tramp Mask "tarixdagi har qanday odamdan ko‘ra ko‘proq subsidiya olishi mumkin"ligini aytdi. U, shuningdek, AQShda elektromobillar ishlab chiqarishni moliyalashtirish imkoniyatini tekshirish bilan tahdid qildi.