Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yangi «Debal Hall» mediamarkazining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy media assosiasiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mazkur markaz joylashgan ko‘chani ramziy ma’nodagi «Saylov ko‘chasi» deb nomladi.
Ko‘chaning bunday nomlanishi mediamarkazning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarni yoritishdagi o‘rnini belgilab beradi.
Ochilish marosimida Sherzodxon Qudratxo‘ja va tadbir ishirokchilari tomonidan saylovga oid munozaralarni tashkil etish va o‘zaro fikr almashishda «Debat Hall» muhim maydon sifatida xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov ham mazkur markazda jurnalistlar o‘z professional faoliyatini uzluksiz va bekamu-ko‘st olib borishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganligi va bu saylovlarning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlash orqali saylovchilarni o‘ziga jalb qilishiga xizmat qilishini ta’kidladi.